“Yayra” kompaniyasining rahbari mana shu inson bo’lib, kompaniyani barpo etishda katta mehnat qilgan shaxs sanaladi. Rahbarimiz sifatli tozalash vositalarini ishlab chiqarishni o’zining asosiy vasifasi deb hisoblab, shu sohada o’z xissasini qo’shgan.
Yayra jamoasi har bir mahsulot mukammal ishlab chiqarilishi va xaridorga benuqson holda yetib borishi uchun astoydil harakat qiladi. Ularni o'zaro uyg'unlik hissi va umumiy maqsad birlashtiradi: tozalikni targ'ib qilish.
Korxonamiz 2016-yilda Farg‘ona viloyatida tashkil etilgan. Dastlab biz faqat xom ashyoni qayta ishlagan bo'lsak, keyinchalik qayta ishlashni boshladik. Eksport tajribasi oilamizga uch avloddan beri o‘tib kelgan. Kompaniya Toshkent bozoriga 1980-yilda, Rossiya bozoriga 1990-yilda kirib kelgan, 2015-yildan esa dunyoning beshdan ortiq mamlakatlariga eksport liniyalarini yoʻlga qoʻyganmiz. Hozirda bizda 85 dan ortiq to'liq kunlik va 100 dan ortiq mavsumiy ishchilar ishlaydi. Bundan tashqari, biz yuvinish kiyimlari, supurgi va chelaklarni qayta ishlash uchun import texnologiyalaridan foydalanamiz, buning natijasida hatto juda katta buyurtmalarni o'z vaqtida bajaramiz.
2022 yilda eksport hajmi 250 000 AQSH dollariga teng 1 816 551 ta mahsulotni tashkil etdi. 2023-yilning birinchi choragida 16 ming dollarlik mahsulot eksport qilindi.
Kelgusi besh yilda besh qit’aning 50 dan ortiq davlatiga mahsulot eksport qilish rejalashtirilgan.